«Innovative Surgery on the Silk Road» ilmiy jurnali zamonaviy jarrohlik va unga turdosh klinik fanlarning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan materiallarni nashr etadi. Asosiy e’tibor dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillari bo‘yicha jarrohlik amaliyotining innovatsion va yuqori texnologik usullarini rivojlantirishga qaratilgan original ilmiy tadqiqotlarga beriladi.
Jurnalning ilmiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Umumiy jarrohlik;
- Abdominal jarrohlik;
- Torakal va yurak-qon tomir jarrohligi;
- Kolorektal, endokrin va onkologik jarrohlik;
- Jag‘-yuz va rekonstruktiv-plastik jarrohlik;
- Transplantologiya;
- Travmatologiya va ortopediya;
- Urology;
- Bolalar jarrohligi;
- Аkusherlik – ginekologiya;
- Anesteziologiya va reanimatologiya.
Minimal invaziv zamonaviy jarrohlik texnologiyalariga alohida urg‘u beriladi.
Jurnal nashr uchun original tadqiqotlar, sharhlar, klinik kuzatuvlar, ma’ruzalar, qisqa xabarlar, munozarali materiallar, taqrizlar va yubiley maqolalarini qabul qiladi. Yosh olimlar, aspirant va doktorantlarning ilmiy ishlariga alohida e’tibor qaratiladi.
