O‘zlashtirishlar va plagiat

«Innovative Surgery on the Silk Road» jurnalining tahrir hay’ati tomonidan taqdim etilgan maqolalarni ko‘rib chiqish jarayonida qo‘lyozma matnining unikalligi Antiplagiat tizimi (Plagiarism check va AI detector) yordamida majburiy ravishda tekshiriladi (https://www.antiplag.uz).

Matnning original ekanligini va sun’iy intellekt yordamida yaratilgan matnlarni aniqlash, shaffoflikni ta’minlash, plagiat, takroriy nashr va kontentni o‘zlashtirishning oldini olish murakkab sun’iy intellekt algoritmlari asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, mualliflik huquqlarini himoya qilish ta’minlanadi.